Kembrij universiteti astronomlari fanda ma’lum eng kichik yulduzni aniqladi. Saturndan biroz kattaroq bo‘lgan ushbu yulduz o‘z radiusi masofasida Yer yuzidagidan 300 barobar kuchliroq gravitatsiyaga ega, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, yulduzning o‘lchamidan past ko‘rsatkichda gravitatsion siqishuv yulduz tubidagi vodorodning yonishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Bu kichik va xira yulduz Quyoshdan 600 yorug‘lik yili narida bo‘lib, unga EBLM J0555-57Ab nomi berildi.
“Tadqiqotimiz yulduzlar qay darajada kichik bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu yulduz biroz kichikroq massa bilan tug‘ilganida edi, uning yadrosidagi vodorod jipslashuvi reaksiyalari to‘xtab qolardi, shunda yulduz jigarrang pakanaga aylanib qolardi”, — tushuntirdi tadqiqot muallifi Aleksandr Betticher.
Yulduz ikkilik tizim tarkibida bo‘lib, u o‘zidan yorqinroq va yirikroq sherigini to‘sib turadi.
Izoh (0)