Suriya harbiy-havo kuchlarining MiG-21 qiruvchisi 11-iyul kuni muxolifat kuchlari tomonidan Maxrusa tumani ustida urib tushirildi. Bunday bayonot bilan “Usud ash-Sharqiya” guruhi vakili chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Suriya cho‘lining janubi-sharqidagi bu tuman deeskalatsiya zonasi tarkibiga kiradi.
Ilgariroq qurolli muxolifat vakillari ushbu sektorda hukumat qo‘shinlari bilan to‘qnashuvdan so‘ng Umm-Rumam aholi yashash punktini egallaganini bildirgan edi.
Izoh (0)