Kolumbiyalik futbolchi Hames Rodriges faoliyatini Myunxenning “Bavariya” klubida davom ettiradi. Bu haqda jamoa rasmiy ma’lumot berdi.
25 yoshli futbolchi “Bavariya”ga ijara asosida kelib qo‘shildi. Kelishuv 2 yil davom etadi. Unga ko‘ra, “Bavariya” Hamesning ehtimoliy sotib oluvchisi bo‘lib qolishi ham mumkin.
“Bavariya” tomoni ijara uchun 15 million yevro sarf qilgani haqida norasmiy ma’lumotlar bor, deb yozdi “Chempionat”. Bu Hamesning bir yillik ijarasi uchunmi yoki ikki yillik — aniq ma’lumot berilmagan.
Hames Rodriges “Real” safida Karlo Anchelotti qo‘li ostida ham to‘p surgandi. Endilikda u Anchelotti bilan yana bir bor hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yarim himoyachi “Bavariya”ning Xitoy va Singapurga safarlari uchun ro‘yxatiga kiritib qo‘yildi.
Izoh (0)