Xitoy TIV AQShga rasmiy e’tiroz bildirdi. Oq Uy matbuot xizmati Xitoy Si Szinpinning lavozimini yozishda xato qilgani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mendagi axborotga ko‘ra, Xitoy tomoni AQShga e’tiroz bildirdi. AQSh tomoni bu texnik xato munosabati bilan afsusdaligini bildirdi va uni tuzatib qo‘ydi”, — ma’lum qildi XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.
XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp Gamburgdagi G20 sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazgan edi.
Uning yakunlariga ko‘ra Oq Uy bayonot e’lon qildi. Hujjatda Si Szinpin “Xitoy Respublikasi raisi” deb atalgan edi.
Ma’lumot uchun, Tayvan o‘zini Xitoy Respublikasi deb ataydi. Tayvandagi hukumatni Xitoy Xalq Respublikasi tan olmaydi.
Izoh (0)