• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayot uchun kurashayotgan qashqadaryolik Muhammadjon va bir-biriga zid ma’lumotlar. Haqiqat qayerda?

    6-iyul kuni qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov haqida uning buvisi — Nargiza Qurbonova tilidan bayonot e’lon qilingan edi. 14-may kuni tug‘ilgan chaqaloq 28-iyun kuni Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida operatsiya qilingan, operatsiyadan so‘ng “vafot etgan” deb yaqinlariga topshirilgan, janozasi vaqtida esa “jonlangan”. So‘ng shu kunning o‘zida kasalxonaga qaytarib olib kelinib, internetda bu haqda ma’lum bo‘lguniga qadar sharoitlari yetarli bo‘lmagan palatada parvarishlangan.

    Muhammadjon Rashidov — operatsiyadan avval.

    Muhammadjon Rashidov — operatsiyadan avval.
    Foto: Shahnoza Hamidova

    Muhammadjonning ahvoli

    Chaqaloqning ahvoli hali ham og‘ir, lekin yaxshi yangiliklar ham bor — uning harorati tushgan, sut, chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan yeguliklarni tanovul qila boshlagan. Eng asosiysi, operatsiyadan keyingi 12 sutkadan buyon uning hayoti saqlab qolinmoqda. Shifokorlarning aytishicha, bu juda katta ko‘rsatkich.

    Muhammadjon bilan bog‘liq vaziyat OAV va internetda ma’lum qilinganidan so‘ng (6-iyuldan boshlab), u to‘liq ta’minotga olingan. Chaqaloq Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining alohida xonasiga ko‘chirilgan, bir shifokor, bir hamshira va bir sanitar biriktirilgan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryolik Muhammadjon konditsionerli palataga o‘tkazilgan, unga “avvalgidan yaxshi qarashmoqda”

    Bundan tashqari, chaqaloqqa yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham shifokorlar chaqirilgan. Muhammadjonning buvisi Nargiza Qurbonovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shu kunlarda Toshkentdan professor kelishi kutilmoqda.

    Chaqaloqqa yordam berish uchun Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan kelgan, o‘z vaqtida Germaniyada malaka oshirib qaytgan neonatalogiya mutaxassisi ahvoli Muhammadjonniki kabi bolalarni uzog‘i bilan 9 kungacha saqlab tura olganini aytgan. Bu haqda Muhammadjonning ahvolini doimiy ravishda nazorat qilib turgan shifokor Isroil Meliyev “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Muhammadjonning holati yuzasidan u nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiyadagi hamkasblari bilan ham maslahatlashgan. “Ular ham barchasini to‘g‘ri qilyapsizlar, kutish kerak, deb aytishdi”, — deydi shifokor.

    “9-iyul kuni kechasi navbatchi edim. Chaqaloq sutka davomida qariyb 50 gramm sut ichdi, bir marta bezovta bo‘ldi. Agar bolani 18 sutkagacha ushlab tura olsak, shundan so‘ng u yengil nafas olishni boshlashi mumkin”, — deydi Isroil Meliyev.

    Nargiza Qurbonova nevarasiga erta-yu kech qarayotgan Isroil Meliyev va Ilhom Ro‘ziyevga minnatdorchilik bildirarkan, o‘z kasbiga sodiq, vazifasiga sidqidildan yondashadigan shunday shifokorlar borligi uchun ham Muhammadjonning ahvoli o‘nglanib borayotganini ta’kidladi.

    Vaqt masalasidagi nomuvofiqliklar

    Muhammadjon Rashidov bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirgacha faqat bir marta — 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulovning axborotini e’lon qildi.

    Qayd etish joiz, Muhammadjon Rashidov voqeasi chaqaloqni operatsiya qilgan shifokorlar bolani vafot etdi, deb onasi va buvisiga topshirgani, so‘ng Muhammadjon janozasi vaqtida “jonlangani” bilan bog‘liq hodisa sabab shov-shuvga aylanib ketgan edi.

    To‘lqin Rasulov axborotida mazkur vaziyatga qisqacha: “Bola vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”, deb izoh berilgan. Shu bilan birga, vazirlikning rasmiy axborotida chaqaloqning operatsiyasi 18:50 da tugagani, chaqaloq 19:30 da shifoxonadan olib ketilgani, 22:30—23:00 larda qaytarib olib kelingani aytilgan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirilgan voqea soatlari bilan bevosita hodisa guvohi bo‘lgan fuqarolarning bildirgan ma’lumotlari o‘rtasida nomuvofiqliklar, ziddiyatlar yuzaga kelmoqda.

    Xususan, janozada bo‘lgan Qarshi tumani Quyi Beshkent jome’ masjidi imom-xatibi chaqaloqning hali tirik ekani shom namozi arafasida ma’lum bo‘lganini, voqeadan xabardor shifokorlardan biri esa chaqaloq soat 22:00 bo‘lmay shifoxonaga qaytarib olib kelinganini “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Xulosa o‘rnida

    Muhammadjon Rashidov va u bilan bog‘liq hodisa ayni vaqtda jamoatchilik diqqat markazida turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolakayga yaxshi niyatlar bilan “Hayotbek”, “O‘lmasjon” kabi yangi ismlar ham berilgan. Deyarli barcha chaqaloqning sog‘ayib, oyoqqa turib ketishini tilamoqda. Ayni vaqtda, vaziyatga to‘la oydinlik kiritishni so‘rayotganlar, aybdorlar jazolanishini talab qilayotganlar ham talaygina. Chaqaloqning yaqinlari o‘z kechmishini, sog‘liqni saqlash tizimi esa o‘z talqinini bayon etmoqda, asl haqiqat esa mana shu ikki nuqta o‘rtasida ekaniga shubha yo‘q.

    “Daryo” internet-nashri tegishli vakolatli organlar, jumladan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan vaziyatga oydinlik kiritish, asl haqiqatni yuzaga chiqarish maqsadida surishtiruv ishlarini olib borishni so‘rab qoladi.

    10.07.2017, 15:36   Izoh (0)   86853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abituriyent—2017: Davlat test markazi ogohlantiradi

    10.07.2017, 15:24

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 000 so‘mdan oshdi

    10.07.2017, 14:44

    Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov 11—12-iyul kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

    10.07.2017, 14:32

    Sergeli tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi

    10.07.2017, 14:04

    Siz muhim hujjat, jo‘natma yoki pochta jo‘natish haqida o‘ylab turibsizmi? Unda EMU – siz uchun tez, ishonchli va xavfsiz yetkazib berishni ta’minlash xizmatidir!

    10.07.2017, 11:02

    TIVda “chiqish vizalari”ni bekor qilish masalasi muhokama qilindi

    10.07.2017, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.