• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abituriyent—2017: Davlat test markazi ogohlantiradi

    1-avgust oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga ham oz vaqt qolmoqda. Shu munosabat Davlat test markazi axborot xizmati abituriyentlarni test jarayonlarida yo‘l qo‘yiladigan va yuz berishi mumkin bo‘lgan xatoliklar haqida ogohlantirdi.

    O‘tgan yillar davomida test sinovi topshirish jarayonida abituriyentlar tomonidan eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yilgan holatlar va oqibatlari:

    1. Test sinovi topshirish jarayonida savollar kitobi va javoblar varag‘i raqamlarining bir-biriga mosligini tekshirmaslik – bunday holat abituriyent tomonidan to‘plangan umumiy ballar miqdorining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Unutmang, raqamlar mosligini tekshirish auditoriyada, test sinovi boshlangunga (9:00 ga) qadar amalga oshiriladi. Bunday holat test sinovi boshlangandan (9:00 dan) keyin aniqlansa, e’tiroz qabul qilinmaydi.

    2. Savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga familiyasi, ismi va sharifini yozmaslik, imzo qo‘ymaslik - bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellyatsiya jarayonida) abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    3. Test topshiriqlarini yechishdan oldin savollar kitobini tekshirib chiqish shart – aks holda abituriyent tomonidan to‘plangan umumiy ballar miqdorining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Unutmang, savollar kitobini tekshirish auditoriyada, test sinovi boshlangunga (9:00 ga) qadar amalga oshiriladi. Bunday holat test sinovi boshlangandan (9:00 dan) keyin aniqlansa, e’tiroz qabul qilinmaydi.

    4. Javoblar varaqasining tegishli joyiga familiyasi, ismi va sharifini yozmaslik, imzo qo‘ymaslik - bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellyatsiya jarayonida) abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    5. Javoblar varaqasining alohida joylari (marker chizig‘i, kodlangan doirachalar, shtrix kodlar) ustiga chizish, yozish - bunday holatda ushbu javoblar varaqasi texnik jihatdan yaroqsiz deb hisoblanishi va natija chiqarilmasligiga sabab bo‘ladi.

    6. Savollar kitobini yaroqsiz holga keltirish (yirtish, ichki betlarini ajratib olish va b.) - bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellyatsiya jarayonida) abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    7. Savollar kitobini topshirmaslik- bunday holat keyingi ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuzish orqali chetlashtirishga, abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    8. Javoblar varag‘ini topshirmaslik- bunday holatda auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni bo‘yicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovi natijalari hisoblanishi belgilanganligi bois, qaytarilmagan javoblar varaqalari bo‘yicha natija hisoblanmaydi va bu abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    9. Titul varaqasi va Abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga javoblar varag‘i raqamini ko‘chirmaslik yoki xato ko‘chirishlik – bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellyatsiya jarayonida) abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    10. Test materiallari (savollar kitobi va javoblar varaqasi)ni belgilangan vaqtda topshirmaslik, auditoriya nazoratchilarining test materiallarini topshirish haqidagi talabiga bo‘ysunmaslik – bunday holat abituriyentning test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.

    11. Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa – bunday holat abituriyentning test sinovi o‘tkaziladigan binoga kiritilmasligiga yoki test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.

    12. Test materiallari (savolar kitobi, javoblar varag‘i)ni auditoriyadan tashqariga chiqarsa - bunday holat abituriyentning test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.

    13. Test sinovi topshirish jarayonida boshqalarga yordam bersa, yordam olsa - bunday holat abituriyentning test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.

    14. Savollar kitobida savollar 1 dan 108 gacha bo‘lgan ketma-ketlikda raqamlangan, lekin fanlar nomlari saqlab qolingan. Masalan, uchta fan bloki mavjud bo‘lgan savollar kitobida birinchi fan savollari 1 dan 36 gacha, ikkinchi fan savollari 37 dan 72 gacha, uchinchi fan savollari 73 dan 108 gacha sonlar shaklida raqamlandi.

    Javoblar varag‘ida javoblar belgilanadigan doirachalar 1 dan 108 gacha bo‘lgan ketma-ket sonlar bilan raqamlandi.

    Bunda abituriyent savollar kitobida keltirilgan fanlar ketma-ketligi va raqamlar ketma-ketligida ishlashi talab etiladi. Masalan, 1-savol javobi javoblar varag‘ida 1-raqamli doirachaga, 10-savol javobi 10-javoblar doirachasiga, 100-savol javobi 100-javoblar doirachasiga, 108-savol javobi 108-javoblar doirachasiga bo‘yalishi shart - bunday tartibga rioya qilinmagan holatlarda abituriyent tomonidan to‘plangan umumiy ballar miqdori past bo‘lishi mumkin. Unutmang, javoblar varag‘iga javoblarni belgilashda qaysi fan asosiy hisoblanishidan qati nazar, savollar kitobida keltirilgan fanlar nomining, savol va javoblar raqamlarining ketma-ketligiga e’tibor berish shart.

    15. Abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxati (7.2-shakl)dagi tegishli ustunga javoblar varag‘i raqamini yozmaslik va test materiallarini qabul qilib olganligi yoki topshirganligini qayd etish ustuniga imzo qo‘ymaslik - bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellyatsiya jarayonida) abituriyent e’tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.

    16. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish – apellyatsiya komissiyasi tarkibi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi, apellyatsiya shikoyati berish muddati natija e'lon qilingan kundan boshlab 15 kun qilib belgilangan, apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda abituriyentning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilari ishtirok etmaydi, apellyatsiya shikoyati abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi, savollar kitobi, javoblar varaqasi belgilangan tartibda to‘ldirilmagan, test sinovidan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi, apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan auditoriyaga taqiqlangan vositalarni olib kirgan, jarayonga xalaqit bergan, yordam olgan va yordam bergan, savollar kitobini yirtgan abituriyent chetlashtiriladi va e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

    Unutmang! Davlat test markazi test sinovi topshirish jarayoni bilan bog‘liq faqat o‘zining vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan e’tirozlarni ko‘rib chiqadi.

    Davlat test markazi

    10.07.2017, 15:24   Izoh (0)   48652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 000 so‘mdan oshdi

    10.07.2017, 14:44

    Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov 11—12-iyul kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

    10.07.2017, 14:32

    Sergeli tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi

    10.07.2017, 14:04

    Siz muhim hujjat, jo‘natma yoki pochta jo‘natish haqida o‘ylab turibsizmi? Unda EMU – siz uchun tez, ishonchli va xavfsiz yetkazib berishni ta’minlash xizmatidir!

    10.07.2017, 11:02

    TIVda “chiqish vizalari”ni bekor qilish masalasi muhokama qilindi

    10.07.2017, 10:46

    Abituriyent—2017: “Meni uydagilarim o‘qishga qo‘yishmoqchi, lekin menda o‘qishga kirish uchun yetarli bilim yo‘q”

    10.07.2017, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.