Xitoy Super ligasining 16-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Himoyachi Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Chanchun Yatai” klubi o‘z uyida Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 4:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Diskvalifikatsiya qilingan braziliyalik Oskar hamda Xalk mazkur bellashuvda shanxayliklarga yordam bera olmadi.
Bunga qadar Skolari boshchilik qiladigan “Guanjou Evergrand” klubi ham imkoniyatni boy bergani uchun, Andre Villash-Boash boshqaruvidagi “Shanxay SIPG”da peshqadamga aylanib olish imkoniyati paydo bo‘lgandi. Biroq Anzur Ismoilov jamoadoshlari bunga yo‘l qo‘ymadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari to‘liq harakat qildi.
Xitoy Super ligasi 16-tur o‘yini 9-iyul, yakshanba
Izoh (0)