O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 10—11-iyul kunlari Kot-d’Ivuarning Abidjan shahrida Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiyada O‘zbekistonning 2016—2017-yillardagi IHT TIVKdagi raisligi yakunlarini ko‘rib chiqish, tashkilot faoliyatiga oid qator masalalarni muhokama qilish va siyosiy, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IHT TIVKning Toshkentda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi to‘g‘risida” va “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasini Toshkent islom universiteti tarkibida tashkil etish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyalarning qabul qilinishi kutilmoqda.
TIVKning 44-sessiyada kengash raisligi O‘zbekistondan Kot-d’Ivuarga rasman o‘tadi.
Izoh (0)