7-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Kun fotosi: To‘raqo‘rg‘onliklar davrasidagi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Prezidenti 7-iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
2. “Bemor vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”. Qashqadaryolik Muhammadjon konditsionerli palataga o‘tkazilgan, unga “avvalgidan yaxshi qarashmoqda”.
3. Sudyalar O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga va haqiqatni qaror toptirishga qasamyod qildi. “Har bir insonning taqdirini hal etishda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda esa poklik ustuvor bo‘ladi”.
4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida forma kiygan “zaychiklar” qo‘lga tushdi. 16 “zaychik” qopqonga tushgan, ba’zilari harbiy formani kiyishga ham erishgan.
5. Islom Karimov nomidagi stipendiyaning miqdori qancha? Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini olgan talabalarga “Islom Karimov davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi topshiriladi.