Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifning birinchi kuni yakunida viloyat faollari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Namangan shahar hokimi Bahodir Bekxo‘jayev ishdan olindi. Shaharning qolgan mas’ul rahbarlari — prokuror, IIB va DSI boshlig‘ining faoliyatiga baho berish tegishli respublika idoralari mutasaddilariga havola etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Namangan viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari To‘lqin Dadabayev ham vazifasidan ozod etildi.
Izoh (0)