• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sudyalar O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga va haqiqatni qaror toptirishga qasamyod qildi

    6-iyul kuni poytaxtdagi “Turkiston” saroyida mamlakat sudyalarining O‘zbekiston xalqiga murojaatini qabul qilishga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish doirasida qabul qilingan murojaat matni O‘zAda keltirildi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni o‘tmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi mustaqil institutga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va ko‘rilgan amaliy tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan oshirdi.

    2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sud hokimiyatining tom ma’noda mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish ushbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarishdek odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan amaliyotga chek qo‘yildi.

    Sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash tartibi tubdan takomillashtirilib, sudyalar hamjamiyatining yangi organi — Sudyalar oliy kengashi ta’sis etildi.

    Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi qayta ko‘rib chiqilib, sudyalarning xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini beradigan darajada, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirildi va maqbullashtirildi.

    Bu islohotlarning samarali amalga oshirilishi sud tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha rahbar va mas’ul xodimlarning o‘z xizmat burchini sadoqat bilan, adolatli va mas’uliyatli bajarishiga chambarchas bog‘liqdir.

    Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan aniq ko‘rsatib o‘tilgan sud tizimidagi jiddiy muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri hal etish uchun har birimiz ishga bo‘lgan munosabatimizni tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz, shaxsiy mas’uliyatimizni keskin oshirishimiz zarur.

    Shu munosabat bilan, Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali ta’minlashda sud-huquq sohasidagi islohotlarning o‘ta muhim ahamiyatini va dolzarbligini to‘liq anglagan holda, biz — O‘zbekiston Respublikasi sudyalari:

    Birinchidan, kundalik faoliyatimizda xalq bilan bevosita yuzma-yuz, ochiq muloqot shakllarini kengaytiramiz, fuqarolarning muammolarini hal etishda yaqindan yordam berish orqali ularning buzilgan huquqlarini tiklaymiz va haqiqatni qaror toptiramiz.

    Ikkinchidan, faoliyatimizni yana bir bor qaytadan tanqidiy tahlil qilib, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlaymiz, odil sudlovni amalga oshirishdagi g‘ov-to‘siqlarni tag-tomiri bilan bartaraf etamiz, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishda bor bilim va tajribamizni safarbar etamiz. Sudga borgan har bir fuqaro faqat adolat topishiga kafolat beramiz.

    Uchinchidan, sudda ishlarni sudyalik burchimiz va vijdonimiz buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli holda ko‘ramiz, eng asosiysi, qabul qilgan har bir qarorimiz qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bo‘lishi uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.

    Har bir insonning taqdirini hal etishda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda esa poklik ustuvor bo‘ladi.

    To‘rtinchidan, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha islohotlarni amalga oshirishga barchamiz jiddiy mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan yondashamiz, eng asosiysi, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytiramiz.

    Beshinchidan, har qanday holatda odil sudlovni ta’minlash va adolatni qaror toptirishga qodir, mustahkam irodali, halol, yuksak ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega sudyalar tarkibini shakllantiramiz. Bunga barchamiz birdek mas’ulmiz.

    Oltinchidan, sudyalik — bu mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb va yuksak maqom ekanligini chuqur anglagan holda, sudyalik sha’niga dog‘ tushiradigan har bir g‘ayriqonuniy xatti-harakatga “favqulodda holat” sifatida qaraymiz, adolatga xiyonat qilgan xodimlarga nisbatan murosasiz kurashamiz va saflarimiz sofligini ta’minlaymiz.

    Yettinchidan, sudyalar kasbiy tayyorgarligini oshirish, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ish yuritish tartibini soddalashtiramiz va fuqarolar ovoragarchiligining oldini olish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘ramiz.

    Sakkizinchidan, sud amaliyotini doimiy tahlil qilib borish asosida tizimli qonun buzilishlarni aniqlaymiz hamda ushbu sohadagi kamchiliklarni qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

    Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik kundalik qoidamiz, faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘ladi.

    Zimmamizga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, xalqimiz va Prezidentimiz oldida bergan qasamyodimizga hamisha sodiq qolishga va’da beramiz!

    07.07.2017, 00:15   Izoh (0)   19728
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bekobodda mast ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

    06.07.2017, 22:28

    Yangiyo‘lda DSI xodimi va uning sherigi firibgarlik qilgani uchun qo‘lga olindi

    06.07.2017, 21:53

    Yangiyo‘lda 3,5 mln so‘m evaziga “32 mln so‘mlik jarimani yopmoqchi bo‘lgan” firibgarlar qo‘lga olindi

    06.07.2017, 21:04

    Janozasida “jonlangan” qashqadaryolik chaqaloq, Jizzaxda qurilishi boshlangan avtozavod, jazirama sabab yopilgan Nukus bog‘chalari va kunning boshqa muhim xabarlar...

    06.07.2017, 20:58

    Bo‘shagan kollej binolari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga o‘tkaziladi

    06.07.2017, 19:50

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni 77 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    06.07.2017, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.