Germaniya federal kansleri Angela Merkel Gamburgdagi G20 sammiti doirasida AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida vositachi bo‘lishdan bosh tortdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bizning aniq nuqtai nazarimiz bor, shu jumladan, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ham”, — qo‘shimcha qildi Merkel xonim.
“Bu jihatdan biz Normand formatida sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz, shu jumladan, AQSh bilan birga ham yechim topishga urinmoqdamiz”, — dedi Germaniya rahbari.
“Ammo men o‘z vazifamni vositachilikda ko‘rmayapman. Muammo yechimiga hissa qo‘shishni istayman, va bu hissa Normand formatidir”, — deb so‘zlariga xulosa yasadi Merkel xonim.
Izoh (0)