Yevropaning Airbus aviasozlik konserni Xitoyning China Aviation Supplies Holding Co. davlat korporatsiyasi bilan 22,8 milliard dollarlik yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, kompaniya Xitoyga 140 dona A320 va A350 samolyotlarini yetkazib beradi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
XXR raisi Si Szinpinning Germaniyaga tashrifi doirasida imzolangan kelishuv shartlariga binoan, Airbus Xitoyga 100 ta A320 va 40 ta A350 yetkazadi.
China Aviation samolyotlarni 5–6 yil ichida aviakompaniyalar orasida taqsimlab chiqadi.
“Ayni paytda Xitoy aviatsiya uchun eng muhim bozorlardan biri hisoblanadi”, — ta’kidladi shu munosabati bilan Airbus ijrochi direktori Tom Enders.
Izoh (0)