Hindistonning Kalkutta shahrida istiqomat qiluvchi rassom ayol Suyatro Gosh Hindistonda sigirlar ayollardan ko‘ra yaxshiroq yashashini ta’kidlab kelmoqda. Har yili mamlakatda o‘nlab shafqatsiz zo‘ravonlik hodisalari qayd etiladi, ammo ko‘plab erkak fuqarolar ayollarning emas, sigirlarning hayoti va nafsoniyatini qo‘lida qurol bilan himoya qilishga tashlanadi, uning so‘zlarini keltiradi “Vesti.ru”.
Bu vaziyatning noto‘g‘riligini ifodalash uchun Gosh va uning tarafdorlari jamoat joylarida sigir niqobida suratga tushib, ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab bormoqda.
Goshning so‘zlariga qaraganda, u jonivorlarni yaxshi ko‘radi, ammo ayollarga ham hayvonlarday munosabatda bo‘lishlariga qarshi.
2012-yili Dehlida talaba qiz zo‘rlab, o‘ldirilganidan so‘ng ayollarning haq-huquqlari va xavfsizligi borasida keskin muhokamalar avj oldi, ammo fojiadan besh yil o‘tib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari kamaygani yo‘q.
2016-yili Dehlida olti zo‘ravonlik va 12 tegajog‘lik holatlari qayd qilindi. Ayollar politsiyani tajribasizlik va ma’suliyatsizlikda, erkak vatandoshlarini esa o‘rta asr qadriyatlarida qolib ketganlikda ayblamoqda.
Suyatro Goshning qo‘shimcha qilishicha, uning sigir niqobi bilan bog‘liq art-loyihasida ishtirok etish niyatini bildirayotgan ayollarning keti uzilmayapti.
Izoh (0)