JCh—2018 finali va tennisning katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi turnirlaridan birining finali bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, nima qilish mumkin?
“Championat.asia”ning Daily Mail’ga asoslanib ma’lumot berishicha, 2018-yildan shunday holat yuz beradi. Rossiya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatining final uchrashuvi 15-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Shu kuni 18:00 da esa Wimbledon musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham hal qiluvchi uchrashuv boshlanadi.
Bu turnirlarga bo‘lgan qiziqish tabiiyki katta. Shu boisdan Angliyaning BBC hamda Yaponiyaning NKH telekanallari mazkur vaziyatdan norozi bo‘lib, JCh finali sanasi yoki vaqtini o‘zgartirishni so‘rab, FIFAga murojaat qildi. Xalqaro futbol uyushmasi bu so‘rovga rad javobini berdi. FIFAdagilarning fikricha, final uchun tanlangan vaqt futbol auditoriyasi uchun juda mos va u o‘zgarmaydi.
BBC’ning xavotiri shundaki, mundial finalida Angliya terma jamoasi, Wimbledon finalida esa angliyalik Endi Marrey kortga chiqishi mumkin. Bunday holatda telekanal katta daromad keltirishi mumkin bo‘lgan translyatsiyalaridan biridan voz kechishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)