Bolgariyaning Ixtiman shahri yaqinidagi “Frakiya” avtotrassasida bir paytning o‘zida uch YTH ro‘y berdi. Ularning eng yirigida bir paytning o‘zida 40 avtomobil zarar ko‘rdi, deb xabar beradi BTV.
To‘qnashuv oqibatida 31 kishi jarohat oldi. Ularning to‘rt nafari yaqindagi shifoxona reanimatsiyasiga joylashtirildi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, shossening bu qismida ko‘rish imkoniyati tuman va tutun tufayli 1–2 metrni tashkil qilayotgan edi.
Izoh (0)