Lyuksemburglik tennischi Mendi Minella 5 oylik homilasi bor bo‘lishiga qaramay, katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi Wimbledon musobaqasida ishtirok etdi.
WTA reytingida 82-o‘rinni egallab turgan raketka ustasi birinchi bosqichda italiyalik Francheska Skyavonega qarshi kurash olib bordi va har ikki setni ham 1:6 hisobida boy berdi. Shunga qaramay, kortga yig‘ilgan tennis muxlislari Mendi Minellani olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi.
“ISport” nashrining ma’lum qilishicha, Minella bellashuvdan so‘ng bu uning uchun mavsumdagi so‘nggi o‘yin bo‘lgani haqida aytgan. Endilikda u farzandini dunyoga keltirish harakatida bo‘lib, katta sportdan dam oladi.
Izoh (0)