O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Qudratulla Rafiqov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqdagi farmon Prezidentning rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlashdagi faol ishtiroki, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish ishiga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Uzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Kudratulla Mirsagatovich Rafikov ‘Fidokorona xizmatlari uchun’ ordeni bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.
Izoh (0)