Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hukumat portaliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

29-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi qarori tasdiqlandi.

Rustam Shoabdurahmonov 2001—2005-yillarda Toshkent hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Direksiya hukumatning 15-iyundagi qarori bilan tashkil etildi. U o‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga buyurtma berish, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi