O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan Niderlandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Regina Veronika Mariya Jon-Bos bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama etildi. Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi hamkorlik salohiyatiga urg‘u berildi.
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yillik qo‘shma biznes-forumlarni tashkil etish mexanizmlarini yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)