“Tolibon” radikal guruhi jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyati ma’muriy markazida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktini egallab, avtostradani bekitib qo‘ydi. Ular Bog‘lon viloyatiga borish yo‘lini to‘sib qo‘ydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, Qunduz va Bog‘lonni bog‘lovchi avtomagistral Aliobod tumani hududida to‘sib qo‘yilgan. Hozircha tumanga hukumat kuchlari yetib kelmagan.
Shuningdek, Tolukondagi punktlarga uyushtirilgan hujumlar oqibatida bir necha xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)