Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz As-Saud mintaqada Qatar bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli Gamburgdagi G20 sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Germaniyaning DPA agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Qirol o‘rniga 7—8-iyuldagi sammitda Saudiya Arabistoni nomidan mamlakat moliya vaziri Muhammad Al-Yadaan ishtirok etadi.
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 5-iyun kuni Qatarni terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish va boshqa davlatlarning ichki ishiga aralashganlikda ayblab, mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni uzishdi.
Keyinchalik mamlakatlar 13 punktdan iborat ultimatum jo‘natdi. Doha bu talablarni nomaqbul deb topdi.
Izoh (0)