Bavariyada avtobus ishtirokidagi avtohalokatda 18 kishi halok bo‘ldi. Avtobus yonib ketgan vaqtda uning ichida aynan shuncha odam qolib ketgan. Qurbonlarning yakuniy soni jasadlarning shaxsini tanishdan so‘ng ma’lum bo‘ladi, deb yozadi Meduza.
Halokat oqibatida 30 kishi jabrlandi, ularning ayrimlari jiddiy jarohat olgan.
Hodisa 3-iyul kuni tonggi 7 (Toshkent vaqti bilan 10) da Myunxberg yaqinida sodir bo‘ldi. Avtobus yuk mashinasiga urilib, yonib ketgan. To‘qnashuv sabablari hozircha noma’lum.
Avtobusda ikki nafar haydovchi va 46 yo‘lovchi bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus ichida hordiq chiqarishga ketayotgan pensionerlar bo‘lgan.
Izoh (0)