Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

WBO yo‘nalishining yarim-o‘rta vaznida jahon chempioni hisoblangan filippinlik Menni Pakyao titul jangida avstraliyalik Jeff Xornga imkoniyatni boy berdi, deb yozdi “Chempionat”. Bu 38 yoshli bokschi uchun faoliyatidagi yettinchi mag‘lubiyat bo‘lib tarixga kirdi.

Foto: ESPN

Foto: ESPN

Avstraliyalik bokschiga qarshi jangga yashil qit’aning Brisben shahri mezbonlik qildi. Bunda har uch hakam Xornning g‘alabasini qayd etgan: 117:111, 115:113, 115:113.

Vaholanki jang davomida ustunlik Pakyao tarafida bo‘lgandek ko‘ringan. Filippinlik charm qo‘lqop ustasi 9 ta raundni yaxshi o‘tkazgan. Shundan keyin referi Xorni ogohlantirib, shunday boks tushishda davom etsa, jangni to‘xtatishini ham ma’lum qilgan. Yakunda esa g‘alaba baribir Xornga berilgan.

29 yoshli Jeff Xorn hozirga qadar uchun bu 18-jang bo‘ldi. Bokschi shularning 17 tasida zafar quchgan va bir marta durang qayd etgan. 11 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg