Dog‘istonlik Rashid Salohbekov ismli kishi Moskvadagi plyajlardan birida cho‘kayotgan qizni qutqarish chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 28-iyunga o‘tar kechasi Serebryaniy Bordagi plyajda ro‘y berdi. 26 yoshli yigit bu yerda hamkasblari bilan dam olayotgan edi.
Bir qiz juda uzoqqa suzib ketganini ko‘rgach, Rashid yordam berishga oshiqdi. U qizni sohilga olib keldi, ammo o‘zi omon qolmadi.
Erkakning tanasi 30-iyun kuni topildi.
Izoh (0)