• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ovozim qo‘polligi pand berardi” — uch onaning tarbiyasini olgan, orzusidagi rolni ijro etolmagan va farzandsizlik azobini his qilgan aktrisa Bahora Arslonova 34 yoshda (foto)

    Aktrisa Qurbon ota xonadonida dunyoga kelgan. Tadbirkorning uch rafiqasi bo‘lgan va Bahora Arslonova uning ikkinchi ayolidan tug‘ilgan.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Uchta onam borligini hech qachon yashirmaganman. Ular alohida-alohida uyda yashashsa-da, bayram kunlari bir uyga yig‘ilishgan. Uchta onam ham bir-birini yaxshi tanigan. Hatto, tug‘gan onam bilan uchinchisi bir-biri bilan yaqin dugona bo‘lib ketgan. Garchi otam olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, haligacha onalarim bir-biri bilan bordi-keldi qiladi. To‘y-tantana bo‘lsa, hamma borini o‘rtaga tashlaydi.

    Bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Otam rahmatli har birimizga atab, tug‘ilgan toychoqni taqsimlab berardi. Bolalikdan sho‘x bo‘lganim uchun akalarim bilan barobar yilqi choptirardim. Sanʼatkor bo‘lish fikri esa tasodifan paydo bo‘lgan desam ham bo‘ladi, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

    Muxlislarga Bahora bo‘lib tanilgan aktrisaning asl ismi Gulbahor. Ammo aktrisa o‘z ismi bilan emas, taxallus bilan ijod qilishni lozim ko‘rgan. Aktrisa ilk roli bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Kino olamiga kirib kelishim “Fidoyilar” seriali bilan boshlangan. Serialda Shoiraxon obrazini ijro etganman, o‘shanda endigina 19 yosh edim. Ammo rolimda 27-28 yoshli shifokor qiz rolini ijro etishim kerak edi. To‘g‘risi, biroz qiyin bo‘lgan. Kasalxonalarga borib, shifokorlarni kuzatganman, ular bilan suhbatlashganman. O‘zimni kasallikka solganman hatto.
    Chunki ularning ko‘z qarashi qanaqa, bemorga qanday qaraydi, qanday muomala qiladi, buni o‘rganishim kerak edi. Syomka jarayonlariga kelsak, hatto rejissyordan gap ham eshitganman, yig‘lagan vaqtlarim ham bo‘lgan, — deydi aktrisa.

    Bahora Arslonova ilk rolini ijro etgan vaqtda uni ko‘pchilik Hoshim Arslonovning qizi deb bilgan. Ammo aktrisaning yaqinlari orasida sanʼatkorlar yo‘q.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Bu savolni ko‘pchilikdan eshitganman. Hoshim Arslonov ustozim edi, u kishi bilan “101 reys” filmida birga suratga tushganimdan hamisha faxrlanaman. Odatda o‘zbek filmlarida bosh rol deganda faqat kelishgan yigit va chiroyli qizni ko‘rishga odatlanib qolgandik. “101 reys” filmining bosh qahramoni Hoshim Arslonov bu boradagi qarashlarimizni o‘zgartirdi, — deydi Bahora Arslonova.

    Aktrisa ovozi qo‘polligi uchun ko‘p yigitlar sevgi izhor qilib, keyin fikridan qaytgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Institutda o‘qiyotganimda juda ko‘pchilik sevgi izhor qilgan. Boshida sevib qolishardi, gaplashganimizdan keyin ovozingiz qo‘pol ekan-a, deyishardi. Men ovozimni o‘zgartirmasdim.

    “Eldido”dagi Dilniyoz boshida meni sevib qolgan, keyin esa “Keling, singlimdek bo‘la qoling”, degan. Men ham xo‘p, deganman, chunki yo‘q demaysiz-ku. U juda yaxshi inson, hozir ham bir-birimizni ko‘rsak, gaplashib ketaveramiz.

    Bizning davrimizda sevgi, otashin muhabbat deganlari faqat kitobiy bo‘lgan. Xat yozishgan, masalan, institutda bir-birimizni ko‘rib qolsak ham xuddi ko‘rmagandek bo‘lib o‘tib ketaverganmiz. Uyalganmiz. Akamga “Shuni sevib qoldim”, aka, deb aytgunimcha necha kun uxlamaganman. Akam “Kimnidir yaxshi ko‘rib qolsang, ayt”, derdi, — eslaydi aktrisa.

    Bahora Arslonova 2018-yilda asli samarqandlik, ammo uzoq yillardan buyon Rossiyada yashaydigan Sherali Boboqulov bilan oila qurgan. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani va Rossiyada kechgan hayoti haqida quyidagilarni gapirib berdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Taqdirda bitilgan bo‘lsa, juftlar baribir uchrashar ekan. Turmush o‘rtog‘im sanʼatdan butunlay yiroq inson, sport uning jon-u dili. Qaynopam bilan to‘rt yil birga o‘qiganmiz va to‘ylari munosabati bilan uylariga mehmonga borganman. Kinodan butunlay yiroq bo‘lgan inson meni ko‘rib, shu qizga uylanaman, degan ekan.

    To‘ydan avval turmush o‘rtog‘im Sankt-Peterburg shahrida yashardi. Men ham bir muddat u yerda yashadim. Ammo yaqinlar sog‘inchi va ijodim sabab O‘zbekistonga qaytib kelishni so‘radim. Ammo bu qarorimdan haligacha afsuslanaman. Turmush o‘rtog‘im ham “Siz sabab sportdan va o‘z o‘rnimni topgan Sankt-Peterburg shahridan ketdim”, deb gapiraveradi. Gapini hazilga yo‘yaman-u, ammo baribir qarorimdan afsuslanaman. O‘zimni rivojlantirish uchun ham tavakkal qilishim kerak edi, deb ko‘p o‘ylayman. U yerda rejissyorlik bo‘yicha tahsil olib, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olarmidim, deb afsuslanaman, — deydi aktrisa.

    Ayni kunda ikki farzandning onasi bo‘lgan aktrisa bir paytlar depressiyaga tushgani va sanʼatkor dugonalarining gap-so‘zi uni qiynagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — To‘ydan keyin ikki yil homilador bo‘lolmadim. Bu his qanchalar og‘ir ekanligini farzandli bo‘lishni kutayotgan insonlar juda yaxshi biladi. Shu bois ilk homilamni atrofdagilardan yashirib, o‘zimni oilamga bag‘ishladim. Buni sanʼatdagi dugonalarim turlicha talqin qildi. Hatto sanʼatdan ketganim, o‘rnimni yo‘qotganim haqida ham gap-so‘zlar bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imga ulardan ranjiganimni aytsam, “Hammasi yaxshilikka, atrofdagilarning ichidagini bilib olding”, dedi. Ishonasizmi, o‘sha paytda yonimda sanʼatdagi “qadrdonlarim”dan hech kim qolmadi. Farzandim dunyoga kelgach, asta-sekin rejissyorlar seriallarga taklif etishni boshladi. Ijodimga bo‘lgan munosabat avvalgidek yaxshilangani uchun atrofimdagi insonlar soni ham ko‘paydi, — deydi aktrisa.

    Aktrisa bolalikdan tarixiy rollarni ijro etishni orzu qilishi, ammo “Dugonalar shou” ko‘rsatuvidagi roli sabab unga bunday rol berilmagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Tarixga qiziqsam-da, birorta tarixiy filmda suratga tushmaganman. Ammo ot sporti bilan shug‘ullanganimni va qilichbozlik bo‘yicha malakam yaxshiligini rejissyorlar biladi. Ot bilan bog‘liq murakkab tryuklarni ham qiyinchiliksiz bajara olishimni yaxshi bilishadi. Ammo rolga taklif etishmaydi.

    Kastinglarda ishtirok etishdan og‘rinmayman. Ular aktyorni o‘z ustida ishlashga, izlanishiga undaydi. Ammo kastingdan kutilgan natijaga erishmagach, hafsalam pir bo‘ladi. Film olingach, atayin ko‘raman. Men xohlagan rolga kimni olishibdi, u qaysi jihatlari bilan mendan ustun edi, degan savolga javob olishga harakat qilaman. Ming afsuski, maza qilib ijro etadigan epizodni qoyillatmaganidan keyin achchiqlanaman.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Rejissyor Ibrohim Rasulov shoira Zulfiyaxonim haqida film olishini aytib, kastingga taklif etdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi, men kastingga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Shoiraning hayoti va ijodini o‘rganib, Jizzaxdagi haykalini ham ziyorat qilib keldim. Kastingda eng taʼsirli epizodni ijro etib, maza qildim. Rejissyorga kastingdan o‘tmasam ham xabar berib qo‘ying, degandim. Oradan ancha vaqt o‘tib, film suratga olinayotgani haqida eshitdim. Eng yomoni o‘sha yerda “Bahora rolni yaxshi ijro etdi, faqat u ‘Dugonalar shouʼ ko‘rsatuvida ishtirok etgani uchun uni rolga olmadik”, deyishibdi. Ko‘rsatuv bilan filmning nima bog‘liqligi bor deb hayron bo‘ldim, — deydi aktrisa.

    Aktrisa otlarga qiziqishi va oilasidagi ot bilan bog‘liq an’ana haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — U qadar kiyim-kechak yoki mol-dunyoga qiziqadigan ayol emasman. Ammo pul to‘plab, ot sotib olishni orzu qilaman. Chunki men xarid qilmoqchi bo‘lgan ot juda qimmat turadi. Oilamiz anʼanasiga ko‘ra, otam rahmatli har bir farzandiga bittadan toychoq sovg‘a qilgandi. Uning o‘limidan keyin bu ishni akam davom ettiryapti. Ot uyning barakasi hisoblanadi. Kichik akam Turkiyadagi chempionatda ishtirok etayotganda yuragi og‘rib qolgan. Qishloqda qolgan ot zovur bo‘yida arqoniga bo‘g‘ilib o‘lib qolgan. O‘shanda yoshi kattalar akamning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan kulfatni ot o‘ziga tortib olganini aytgandi. Menga atalgan ot esa biroz eʼtiborsizlik va sog‘inchdan o‘lib qoldi. Afsuski, bundan ancha keyin xabar topdim, — deydi aktrisa.

    Eslatib o‘tamiz, aktrisa “Tinchlik ortida”, “Komila”, Ona qizim”, “Isnod” va “Zurriyot” kabi qator film va seriallarda suratga tushgan.

    06.05.2024, 13:50   Izoh (0)   92463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eddi Myorfi — 63 yoshda. Amerikalik yumor qiroli ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    13.04.2024, 10:51

    Professional xonanda, mahoratli aktrisa va ikki o‘g‘ilning onasi Asal Shodiyeva 32 yoshda (foto)

    13.04.2024, 12:51

    Ota-onasi sotib yubormoqchi bo‘lgan, butun suyagi qolmagan va o‘qish-yozishni bilmaydigan Jeki Chan 70 yoshda (foto)

    19.04.2024, 11:51

    “Titanik” filmida kapitan obrazini gavdalantirgan aktyor Bernard Hill vafot etdi

    06.05.2024, 12:50

    Bahosi milliard dollar: Cartier brendining hamma orzu qiladigan 5 ta eng qimmat taqinchog‘i

    06.05.2024, 10:50

    Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)

    04.05.2024, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.