Afg‘oniston sharqida yuk mashinasi yo‘l chetiga qo‘yilgan minada portlab ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi.
Hodisa 30-iyun, juma kuni Nangarxar viloyatida ro‘y berdi. Mahalliy rasmiylar buning uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yukladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.