AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yili bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. “TASS”ning AP’ga tayanib bildirishicha, u saylovga mablag‘ to‘plash uchun maxsus kecha uyushtirib, uning davomida 10 million dollar ishladi.
Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi matbuot kotibi Lindsi Jensikning so‘zlariga qaraganda, Vashingtondagi Trump International mehmonxonasida o‘tgan tushlikda 300 kishi ishtirok etgan. Ikki soatlik tadbir chiptasi uchun har bir mehmon 35 ming dollar to‘lagan.
Banket Trampning siyosiy raqiblari diqqatini ham tortgani aytilmoqda. Bino oldida faollar to‘planib, “Soliqlarni qisqartirish emas, sog‘liqni saqlash” singari plakatlar ko‘targancha namoyish uyushtirdi.
Izoh (0)