Hisobdan chiqarilgan deyarli barcha vagonlarni katta sayohat kutadi. Avvaliga ularning tirkamalari, oynalari, eshiklari, qurilma va qoplamalari, barcha xavfli materiallari hamda texnik suyuqliklari olib tashlanadi, deb xabar beradi TravelAsk.
Vagonning ayrim qismlari chiqindiga, ba’zilari qayta ishlashga, yana bir qismi esa xohlovchilarga sotiladi. MTA kompaniyasining saytida avtobus va vagonlardan yechib olingan eski qurilmalar sotuvga qo‘yiladigan maxsus bo‘lim ham bor. Shundan so‘ng tozalangan vagonlar bug‘ yordamida dezinfeksiya qilinib, uni ochiq okeanga olib ketadigan kemalarga yuklanadi. Nyu-York metrosi bilan tanish odamlar uni “o‘lim kemasi” deya ataydi. Vagonlar belgilangan nuqtada okeanga tashlab yuboriladi. Ular ummon ostida minglab baliqlar va dengiz organizmlari uchun uy bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi marta vagonlar 2010-yilda cho‘ktirilgan. Barcha vagonlar ham okenga tashlanmaydi. Ularning bir qismi xizmat maqsadida olib qolinsa, yana bir qismi transport muzeyiga berib yuboriladi yoki depoda saqlanadi.
MTA kompaniyasida sun’iy riflarni yaratish dasturi 1960-yillarda ishlab chiqarilgan vagonlardan qanday qilib xalos bo‘lib muammosi paydo bo‘lganida ishlab chiqilgan.
2000-yildan beri 2580 vagon ushbu usul yordamida yo‘q qilingan.
MTA kompaniyasining ma’lum qilishicha, vagonlarning okeanga tashlanishi natijasida 12 million dollar tejalmoqda.
Izoh (0)