Vengriya Yevropa Ittifoqi tomonidan Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlash ishlarini moliyalashtirish maqsadida 100 million yevro ajratilishi bilan bog‘liq masalani ko‘tarib chiqadi. Bu haqda Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Dushanbeda o‘tgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida Siyyarto respublikaning Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlash ishlariga yuqori baho berdi.
“Uni qo‘riqlar ekan, Tojikiston Yevrosiyo va Yevropa mintaqasini ham qo‘riqlamoqda. Terrorchilikning, diniy ekstremizmning, noqonuniy narkotik aylanmasining tutib turilishi Yevropa xavfsizligiga jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi vazir.
“Biz Yevropa Ittifoqi tomonidan Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashga 100 million yevro ajratilishining tashabbuskori bo‘lamiz”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)