Petya.A tovlamachi virusi Belarusdagi ayrim yirik kompaniyalarning kompyuter tizimlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Yevropa, AQSh, Osiyoga hujum qilayotgan yangi virus izlari Belarus kompyuter tarmoqlarida aniqlandi. ‘K’ boshqarmasida aytilishicha, militsiyaga bir qancha yirik Belarus kompaniyalari murojaat qilgan”, — deyiladi vazirlik xabarnomasida.
Hujum haqidagi ilk xabarlar Ukrainaga taalluqli edi. Keyinroq Ukraina vakillari mazkur hujumda Rossiya tomonini ayblagan edi. Keyinroq virus Litvagacha yetib bordi.
Izoh (0)