27-iyun kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Sessiyada Abdug‘aniyev Alisher Muhammadiyevich Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2017-yilning 25-aprelidan buyon ushbu lavozim vakant bo‘lib, unda hozirda Jizzax shahri hokimi lavozimida Rahmonqulov Akram Bahriddinovich faoliyat yuritgan edi.
Alisher Abdug‘aniyev 1971-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topgan. Shu vaqtgacha u Zomin tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab turgan edi.
Izoh (0)