Shimoliy Koreya rasmiylari Janubning Qishki Olimpiya o‘yinlarida ikki mamlakat terma jamoalarini birlashtirish g‘oyasiga rad javobini berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mazkur taklif KXDRning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidagi vakili Chen Un tomonidan tanqid ostiga olindi.
Ilgariroq Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Olimpiadada umumiy jamoa shakllantirish yo‘lida harakat qilishini bildirgan edi. O‘z navbatida, Janubiy Koreya sport vaziri 2018-yilgi o‘yinlar chog‘ida musobaqalarni Shimoliy Koreyaning “Masikren” tog‘-chang‘i kurortida o‘tkazishni taklif qildi.
Izoh (0)