Buyuk Britaniya shahzodasi Garri The Daily Mail nashriga bergan intervyusida o‘z vaqtida qirollik oilasi unvonidan voz kechib, oddiy hayot kechirishni istaganini tan oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Garrining so‘zlariga qaraganda, u uzoq vaqt ulg‘ayishni istamagan, qirollik oilasiga mansubligi tufayli zimmasida bo‘lgan majburiyatlardan azob chekkan.
Bundan tashqari, Garri armiyada o‘zini yaxshi his qilganini tan oldi, negaki u yerda unga shahzoda emas, balki oddiy askarday muomalada bo‘lishgan.
“Armiyada men shahzoda emasdim, shunchaki Garri edim”, — dedi u.
U faqat qirolicha Yelizaveta II tufayli unvonda qolganini ta’kidladi. Bundan tashqari, shahzodaning ta’kidlashicha, u qirollik oilasi vakili sifatida qanday foyda keltirishi ustida ko‘p o‘ylagan.
Ilgariroq Garri qirollik oilasining hech bir vakili taxtga chiqishni xohlamasligini aytgan edi.
Izoh (0)