Iroq hukumat kuchlari Mosul shahrining tarixiy qismidagi oxirgi uchastkalarni zabt etmoqda, u yerda IShID guruhining 200 nafar jangarisi bekingan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Iroq armiyasi qo‘mondonligidagi manbalarga tayanib yozilishicha, operatsiyada armiya maxsus kuchlari, federal politsiya va IIV tez ta’sir kuchlari ishtirok etmoqda. Jangarilar shaharning Dajla daryosi g‘arbiy sohilidagi 500 kvadrat metr hududni nazorat ostida ushlab turibdi. Ushbu hududda aholi zich yashaydi.
Jangarilar al-Faruq mahallasida, an-Nuriy masjidi yaqinida to‘plangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)