Buyuk Britaniyaning inson huquqlari haqidagi qonunchiligi 40 dan ortiq terrorchiga mamlakat hududida qolish imkoniyatini berdi. Bu haqda The Telegraph nashri mamlakat IIVning chop etilmagan hisobotiga tayangan holda yozmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Britaniyaning inson huquqlari haqidagi qonunlari xavfli jihodchilar deportatsiyasi yo‘lidagi o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylanmoqda, bu esa mamlakat hududida IShID tomonidan ilhomlantirilgan teraktlarga olib kelmoqda”, — deb yozadi nashr.
“Kafolatli deportatsiya” sxemasiga binoan, faqat vatanida qiynoqlar va yomon munosabatga uchramasligi aniq bo‘lgan terrorchilargina mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Ushbu sxema tufayli ko‘plab terrorchilar sud orqali deportatsiyadan qutulib qolgani ma’lum.
Ushbu sxemaning samaradorligi haqidagi hisobot bosh vazir Tereza Mey tomonidan buyurtma qilingan edi.
Izoh (0)