Shimoliy Koreyaning barcha mintaqalarida “AQSh imperialistlariga o‘lim” va “Gapdan ishga o‘tish vaqti keldi” shiorlari ostida mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
25-iyun kuni Koreys urushining (1950–1953) boshlanganiga 67 yil to‘ldi, shu munosabat bilan mamlakatda AQShga qarshi kayfiyatlar avj oldi va tegishli tadbirlar faollar tomonidan tashkil etilmoqda. Mazkur urush KXDRda vatan ozodligi urushi deb ataladi.
Tadbirlarda Koreya xalq armiyasi jangchilari, partiya va davlat arboblari, vazirlik va idoralar xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligi tarqatgan bayonotda Donald Tramp ma’muriyatiga “AQSh armiyasining yengilmasligi haqidagi ertaklarni fosh qilgan” o‘sha urush yakunlaridan tegishli xulosalar chiqarib olish tavsiya qilindi.
Izoh (0)