Qirg‘izistonda parlament deputatlari ayollarning haq-huquqlari muhokama qilinayotgan plenar yig‘ilishni tark etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Yig‘ilishda 90 dan ortiq deputat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa ham, u boshlanishi arafasida 80 ga yaqin erkak deputatlar zalni tark etdi. Majlisda ishtirok etgan 15 deputat orasida oz sonli erkaklar bor edi.
Inqirozli markazlar uyushmasi direktori To‘lqun Tulekovaning so‘zlariga qaraganda, erkaklar yig‘ilishni tark etishiga asosiy sabab ayollarning huquqlari muhokamaga qo‘yilgani bo‘lgan.
Shu bilan birga, majlisni tark etgan deputatlardan biri saylovchilar bilan uchrashish uchun ketganini aytmoqda. Yana bir parlament a’zosi esa majlis bir soatga kechiktirilgani tufayli qololmaganini uqtirmoqda.
Izoh (0)