Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kuvayt hukumati Qatarga arab mamlakatlarining diplomatik aloqalarni tiklash uchun talablari ro‘yxatini taqdim etdi, deb yozadi “Kommersant”. Hujjat Qatarga Eron bilan diplomatik aloqalarni uzish majburiyatini yuklaydi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qatar hukumati, shuningdek, mamlakat hududidagi Turkiya harbiy bazasini yopishi va Al Jazeera telekanali faoliyatini to‘xtatishi kerak. Bundan tashqari, arab mamlakatlari Dohadan tovon puli to‘lashni talab qilmoqda, ammo uning aniq summasi noma’lum. Talablarni bajarish uchun Qatarga 10 kun muhlat berildi. Mamlakatning rasmiy vakillari axborotga hech qanday izoh bergani yo‘q.

Iyun oyida Saudiya Arabistoni, BAA, Yaman, Liviya, Bahrayn, Misr, Mavrikiy, Maldiv orollari, Mavritaniya va Komor orollari Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzganini e’lon qildi. Mamlakatlar buni Qatar go‘yoki “Musulmon birodarlar” ekstremistik harakatini qo‘llab-quvvatlagani bilan izohladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi