Apple kompaniyasi Chikago shahrida yangi Apple Store do‘konini qurmoqda. U shaklan MacBook’ka o‘xshash bo‘ladi, deb xabar beradi Meduza.
Do‘kon tomi yaxta tayyorlashda qo‘llaniladigan materialdan ishlanadi. Material noutbuk yuzasiga o‘xshab ketadi. Uning o‘rtasida kompaniya logotipi joylashtiriladi.
Yangi do‘kon dizayni ustida Londonning Foster + Partners byurosi shug‘ullanmoqda. Do‘kon 20 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Ikki qavatli binoning devorlari shaffof bo‘ladi. Do‘konning qachon ochilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)