Tailand hukumati Facebook, Netflix va YouTube’ga bir oy davomida mamlakatda mahalliy qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini yukladi, aks holda kompaniyaning Tailand hududidagi faoliyati cheklanishi mumkin, deb yozadi “Kommersant”.
Bangkok post xabariga ko‘ra, Tailand tele va radiouzatuv milliy komissiyasi tasdiqlagan yangi qoidalarga muvofiq, chet el kompaniyalari 22-iyulgacha ro‘yxatdan o‘tmasa, hukumat ularning reklama joylashtirishiga taqiq qo‘yishi mumkin.
Milliy komissiya raisi o‘rinbosari Nati Sukolrat ta’kidlashicha, Tailand ushbu internet-platformalar ishini to‘liq taqiqlamoqchi emas, ammo ular qonun me’yorlarini bajarmasa, “ularga nisbatan ularning daromadliligiga ta’sir qiladigan qat’iy choralar qo‘llaniladi”.
Izoh (0)