AQShning Starlifter musiqiy guruhi shu yil 24-iyun — 2-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Ushbu guruh yetti nafar iqtidorli musiqachidan tashkil topgan bo‘lib, ular rok, pop, jaz, kantri uslubidagi musiqani, shuningdek, zamonaviy va an’anaviy qo‘shiqlarni ijro etadi.
29-iyun kuni soat 18:30 da Starlifter AQSh elchixonasining Chilonzor tumanidagi avvalgi binosida jamoatchilik uchun konsert namoyish etadi. 30-iyun kuni guruh Hyatt Regency Hotel’da AQSh Mustaqillik kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanali qabul marosimda ham qatnashadi. O‘zbekistondaligida guruh vakillari yoshlar va OAV bilan muloqot qiladi.
Starlifter AQSh Havo kuchlari qo‘llab-quvvatlaydigan musiqiy guruhning tarkibiy qismi hisoblanadi. Illinoysdagi “Skot” harbiy havo bazasida qaror topgan ushbu guruh butun dunyo bo‘ylab konsertlar namoyish etib kelmoqda.
Izoh (0)