22-iyun kuni Moskvada kanalizatsion kollektorda ish olib borilayotgan chog‘da besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, favqulodda xizmatlardagi manbalariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Voqea shaharning Kunsevo tumanida ro‘y berdi.
Tergov qo‘mitasi uch kishi halok bo‘lganini bildirmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ishchilar metandan zaharlangan.
“Gaz payvandlashga mo‘ljallangan gaz ballonidan sizib chiqqan”, — ma’lum qildi favqulodda xizmatlar vakili.
Izoh (0)