Misr hukumati mamlakatda joriy etilgan favqulodda holat rejimini yana uch oyga uzaytirish taklifini ma’qulladi. Vazirlar mahkamasi prezidentning tegishli buyrug‘ini tasdiqladi, deb xabar beradi “TASS”.
Aprel oyida xristian ibodatxonalari yaqinida uyushtirilgan, 50 kishini hayotdan olib ketgan teraktlar tufayli mamlakatda uch oylik favqulodda holat joriy etilgan edi. Shunga qaramasdan, may oyida ekstremistlar xristian ibodatxonasiga ekskursiyaga ketayotgan qibtiylar avtobusini o‘qqa tutdi.
Izoh (0)