Portugaliyaning markaziy qismida ro‘y bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatida zarar ko‘rganlar soni 204 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq jabrlanganlar soni 157 kishini tashkil qilishi bildirilgan edi.
Ayni paytda Pedrogan-Grandi munitsipalitetida 1,2 o‘t o‘chiruvchi tabiiy ofatga qarshi kurashmoqda. Qurbonlar soni, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 64 kishini tashkil qildi.
17-iyun kuni boshlangan yong‘in haligacha o‘chirilgani yo‘q. 30 ming gektar hududdagi o‘rmonlar yong‘in bilan yo‘q qilindi.
Portugaliyada yong‘in qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)