Portugaliya hukumati mamlakatning Pedrogan-Grandi munitsipalitetida ro‘y bergan yong‘in qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Motam 20-iyun kuniga qadar davom etadi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 62 kishiga yetdi, 60 ga yaqin odam jarohatlandi.
Yong‘in hali ham nazorat ostiga olingan emas. Unga qarshi yuzlab odamlar kurashmoqda.