Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) yangi kuch bilan qayta avj olgan to‘qnashuvlar qurbonlari soni 100 kishiga yetdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurolli guruhlarning to‘qnashuvlari oqibatida elikka yaqin odam halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Bria shahri merining so‘zlariga qaraganda, yana bir necha o‘n kishi shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlar soni ko‘payishi mumkin.
MAR hukumati 19-iyun kuni mamlakatda harakat qilayotgan 14 qurolli guruhdan 13 tasi bilan sulh tuzdi. Hujjat mamlakatda etnik va diniy ixtiloflarga chek qo‘yishi lozim edi. Shunga qaramay, to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Izoh (0)