Buyuk Britaniya hukumati Janubiy Kensingtondagi yangi qurilayotgan lyuks majmuadan 68 xonadon xarid qildi. Ular yonib ketgan Grenfell Tower binosida istiqomat qilgan kishilarga topshiriladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
14-iyun kuni Londonning Shimoliy Kensington tumanida joylashgan Grenfell Tower sotsial turar-joyda ro‘y bergan yong‘inda kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 28 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 600 kishi evakuatsiya qilinib, yaqin atrofdagi jamoat joylarida, masjid va cherkovlarda joylashtirilgan. O‘nlab odamlar shifoxonada yotibdi, ayrimlarning ahvoli og‘ir.
Uyda istiqomat qilganlarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharq vakillaridir.
Izoh (0)