Soliqlardan bo‘yin tovlashda ayblanayotgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 31-iyul kuni Ispaniya sudi oldida javob beradi. Bu haqda Football Espana nashri xabar berdi.
Ronalduning soliqlardan qolib ketgan qarzi 14,7 million yevroni tashkil qilishi aytilgan. Futbolchining o‘zi buni inkor qilayotgan bo‘lsa-da, qanday qilib qoldiq summa chiqib qolganini sudga tushuntirib berishi kerak bo‘ladi.
Ayni paytda Konfederatsiyalar kubogi sabab Portugaliya termasi bilan Rossiyada bo‘lib turgan futbolchi unga Ispaniyada jinoyatchilardek muomalada bo‘layotganidan nolib intervyu bergandi.
Izoh (0)