Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Almazbek Atambayev ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi. Hujjat Atambayevning Moskvaga davlat tashrifi yakunlariga ko‘ra imzolandi, deb xabar beradi “TASS”.
Hujjatda tomonlar strategik hamkorlikni rivojlantirish va tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadini belgiladi.
“Tomonlar umumiy harbiy-strategik muhit doirasida ishonchi qo‘shma mudofaani ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib boradi”, — deyiladi deklaratsiyada.
Izoh (0)